Asosiy kontentga oʻtish
A. Rajabov

Biznes va korxonalar uchun sayt, Telegram bot va ichki tizimlar

Klinika, doʻkon, oʻquv markazi yoki ishlab chiqarish — qogʻoz va Excelʼdagi ishingizni qulay onlayn tizimga koʻchiraman.

Narxni hisoblash

1-qadam / 3
Xizmat

Taxminiy narx

3 mln soʻmdan

Muddat

Kelishiladi

Aniq narx vazifani koʻrgandan keyin, ish boshlanishidan oldin kelishiladi.

  • Narx ishdan oldin
  • 1 oy bepul tuzatish
  • Kod va domen sizniki
  • Bosqichma-bosqich toʻlov
  • 15–30 daqiqada javob

Avval — faktlar

Loyihalarni koʻrish
  • 1100+

    obyekt bitta oynada

    Uskunalar holati bitta paneldan real vaqtda kuzatiladi — meʼyordan chiqqani avtomatik ajratiladi.

  • ~20

    tashkilot raqamlashtirildi

    Qogʻoz jurnal va hisobotlar oʻrniga — har kuni ishlatiladigan onlayn tizim.

  • 400+

    imtihon inson omilisiz

    Natijani odam emas, tizim baholaydi: kamera nazorati va avtomatik tekshiruv — tanish-bilish va korrupsiyaga oʻrin yoʻq.

  • 225+

    mijoz har kuni tizimda

    Davomat, toʻlov va eslatmalar avtomatik — egasi kassani telefondan koʻradi.

Qogʻozdan — ishlaydigan tizimga

Chiziqni suring: chapda koʻp korxonalarda hali ham yuritiladigan daftar, oʻngda oʻsha ishning tizimdagi koʻrinishi.

Boshqaruv tizimidagi mijozlar jadvali: obuna, holat, tugash sanasi va davomat (soxta ismlar va raqamlar)Oldin: qogʻoz daftarKeyin: boshqaruv tizimi

Loyihalar

Har biri real korxonada ishlaydi yoki joriy etilmoqda. Skrinshotlarda faqat demo maʼlumotlar.

Ish tartibi

Har bir qadamda nima olishingizni oldindan bilasiz.

  1. Tanishuv

    Telegramda yoki qoʻngʻiroqda 15–30 daqiqa gaplashamiz: hozir ish qanday yuradi, nima ogʻriydi.

    Siz olasiz:vazifaning aniq roʻyxati

  2. Narx va muddat

    Roʻyxat boʻyicha narx va muddatni yozma beraman — ish boshlanishidan oldin.

    Siz olasiz:oʻzgarmaydigan narx va reja

  3. Ekranlar

    Asosiy ekranlarni oldindan koʻrsataman, siz tasdiqlaysiz yoki tuzattirasiz.

    Siz olasiz:tizim qanday koʻrinishini oldindan koʻrasiz

  4. Bosqichma-bosqich ishlab chiqish

    Har bosqich oxirida ishlaydigan versiyani koʻrsataman, toʻlov ham bosqichlarga boʻlingan.

    Siz olasiz:har bosqichda ishlaydigan natija

  5. Ishga tushirish

    Tizimni serverga qoʻyaman, xodimlaringizga koʻrsatib beraman.

    Siz olasiz:kod va domen sizniki, 1 oy bepul tuzatish

Aʼzamjon Rajabov — dasturchi, Buxoro

Buxoro, Oʻzbekiston

Men haqimda

Rajabov Aʼzamjon

Dasturchi — korxona va biznes jarayonlarini raqamlashtirish

Yirik tashkilotlardagi qogʻoz ishlarni onlayn tizimga koʻchirganman: imtihonlar, oʻlchovlar, murojaatlar. Shu tajribani har qanday biznes uchun qoʻllayman — kichik klubdan tortib ishlab chiqarishgacha.

Studiya emasman: vazifani men tinglayman, men yozaman va ishga tushiraman. Buxorodaman, butun Oʻzbekiston boʻylab masofadan ishlayman.

Mukofot va loyihalar

  • 2025

    1-oʻrin — innovatsion gʻoyalar tanlovi

    Yangi gʻoya va uni amalda joriy etish uchun

  • 2025

    Avtomatlashtirilgan xavfsizlik tizimi

    Gʻoyadan oʻrnatishgacha — oʻzim loyihalab, joriy etganman

Sertifikatlar

  • 2026Sunʼiy intellekt va mashinaviy oʻqitishNeuro Pulse
  • 2026JavaScript & React JSMonday Labs Academy
  • 2024RobototexnikaIT academy Bukhara
  • 2023Tizim administratorligiIT academy Bukhara

Koʻp beriladigan savollar

  • Avval vazifani gaplashamiz, keyin roʻyxat boʻyicha narx va muddatni yozma beraman. Narx ish boshlanishidan oldin kelishiladi va ish davomida oshmaydi. Taxminiy narxni yuqoridagi kalkulyatorda koʻrishingiz mumkin.

  • Bosqichma-bosqich: ish bosqichlarga boʻlinadi va har bosqich tayyor boʻlib, siz koʻrganingizdan keyin toʻlanadi. Hammasini oldindan toʻlash shart emas.

  • Hajmga bogʻliq: oddiy bot yoki landing tezroq, korxona tizimi uzoqroq. Aniq muddatni narx bilan birga yozma beraman.

  • Sizniki. Ish tugagach manba kodi, domen va serverga kirish maʼlumotlarini toʻliq topshiraman — boshqa dasturchiga oʻtsangiz ham bogʻlanib qolmaysiz.

  • Ishga tushirilgandan keyin 1 oy davomida topilgan xatolarni bepul tuzataman. Undan keyin xohlasangiz oylik qoʻllab-quvvatlashga oʻtish mumkin.

  • Ha. Buxorodaman, lekin butun Oʻzbekiston boʻylab masofadan ishlayman: uchrashuvlar Telegram yoki qoʻngʻiroq orqali, natijani onlayn koʻrsataman.

  • Ha. Avval kodni koʻrib chiqaman va nimani tuzatish mumkinligini, qanchaga tushishini aytaman. Baʼzan qayta yozish arzonroq boʻladi — buni ham ochiq aytaman.

  • Ha. Ishga tushirishda xodimlaringizga koʻrsatib beraman. Har kim oʻz roli boʻyicha ishlaydi: xodim kiritadi, boʻlim boshligʻi tasdiqlaydi, rahbar umumiy holatni koʻradi.

  • Har bir foydalanuvchi faqat oʻziga ruxsat berilgan maʼlumotni koʻradi — huquqlar server darajasida tekshiriladi. Real maʼlumotlaringiz hech qachon portfolio yoki skrinshotlarda koʻrsatilmaydi.

  • Asosan JavaScript/TypeScript, Next.js, Supabase (PostgreSQL), Telegram Bot API va Vercel. Texnologiyani vazifaga qarab tanlayman, siz uchun muhimi — tizim ishlashi.

Vazifangizni yozing

Qisqacha yozing — qaysi jarayon, qancha xodim, nima ogʻriydi. Javobda narx va muddat boʻyicha taklif beraman.

yoki formani toʻldiring →

Maʼlumotlaringiz faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatiladi.

Ariza qoldirish

Kontaktlaringizni qoldiring — sizga qoʻngʻiroq qilaman, vazifani muhokama qilib, narxini aytaman.